DAVLAT TILI: QONUNIY HIMOYA, XALQARO TAJRIBA VA MILLIY MAS’ULIYAT
Keywords:
davlat tili, qonunchilik, ona tili, milliy o‘zlik, javobgarlik, huquqiy asos, ma’naviy meros, til siyosati, xalqaro tajriba, tilni asrash.Abstract
Mazkur maqolada davlat tilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati, qonunchilikda belgilangan huquqiy asoslar hamda ularni amalda qo‘llashdagi muammolar keng yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Davlat tili haqida”gi Qonun moddalariga tayanib, davlat tilida ish yuritishning zarurligi va uning millat kelajagiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, Rossiya, Gruziya, Germaniya, Polsha va Fransiya kabi xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganilib, undagi qat’iy javobgarlik choralari bilan o‘zbek tilining huquqiy maqomini mustahkamlash zarurligi solishtirilgan. Maqolada tilni asrash faqat majburiyat emas, balki milliy g‘urur va ma’naviy ehtiyoj sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlanadi. Xulosa qilib aytganda, davlat tilining qonuniy himoyasini kuchaytirish va unga amalda to‘liq amal qilish millatning o‘zligini saqlash va kelajak avlodlarga ma’naviy merosni yetkazishda muhim omil hisoblanadi.