ULUG‘BEK HAMDAM ASARLARIDA KONSEPTUAL RAMZ, METAFORA VA SIMVOL
Keywords:
metafora, ramz, ishora, konsept, pillapoya, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyat, badiiy matn, uslub, o‘zbek adabiyotiAbstract
Ushbu maqola Ulug‘bek Hamdamning “Pillapoya” hikoyasi asosida metafora, ramz va ishoralarning badiiy hamda konseptual ifoda vositasi sifatidagi o‘rnini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot kognitiv tilshunoslik doirasida olib borilib, badiiy matndagi ramz va metaforalarning mazmun chuqurligini ochishdagi funksiyalari tahlil qilinadi. Pillapoya obrazi inson hayoti, ma’naviy izlanish va yuksalish ramzi sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, ramz va ishoralarning o‘zbek badiiy tafakkurida milliy hamda umuminsoniy qatlamlari ochib beriladi. Tadqiqot metodlari sifatida kognitiv-semantik, lingvomadaniy, badiiy tahlil va qiyosiy yondashuvlardan foydalanilgan. Natijalar zamonaviy konseptual yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.