MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR LEKSIK ASSOTSIATSIYALARINING FORMAL-STRUKTUR TAHLILI

Authors

  • Dilbar MIRNOSIROVA Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi, mirnosirovadilbar@navoiy-uni.uz Author

Keywords:

bolalar nutqi, assotsiativ birlik, leksik assotsiatsiya, stimul, reaksiya, kompozitsiya usuli, qo‘shma so‘z, juft so‘z, takroriy so‘z, struktur tahlil.

Abstract

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar leksik assotsiatsiyalarining formal-struktur tahlili masalasi yoritilgan bo‘lib, unda tadqiqot materiali sifatida kompozitsiya usuli orqali ifodalangan assotsiativ birliklar tanlangan. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomonidan qo‘shma, juft va takroriy so‘z shaklida berilgan javob reaksiyalari struktur jihatdan tahlil qilinib, ular asosida assotsiativ munosabatlarning shakl va tuzilish xususiyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, mazkur birliklarning leksik tizimda egallagan o‘rni, assotsiativ bog‘lanishlarni yuzaga chiqarishdagi xususiyatlari hamda maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘at boyligi va nutqiy rivojlanishini o‘rganishda tutgan ahamiyati xususida xulosalar bayon etilgan. Mazkur tadqiqot formal-struktur yondashuv asosidagi assotsiativ izlanishlar orasida bolalar nutqiy rivojini yangi rakursdan ochib berishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR LEKSIK ASSOTSIATSIYALARINING FORMAL-STRUKTUR TAHLILI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 410-415. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1092