REKLAMA SLOGANLARINI TARJIMA QILISHNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
reklama sloganlari, lingvopragmatika, tarjima, kommunikativ strategiya, madaniy konnotatsiya, ijtimoiy moslikAbstract
Maqolada reklama sloganlarini tarjima qilish jarayonining lingvopragmatik xususiyatlari keng yoritilib, unda kommunikativ diskursda reklama tilining o‘ziga xos semantik, pragmatik hamda stilistik nuqtalari alohida tahlil qilinadi. Reklama matni va undagi sloganlar mazmunini boshqa tilga muvaffaqiyatli ko‘chirishda nafaqat leksik darajadagi moslik, balki ularning ta’sirchanlik kuchini saqlash ham zarur hisoblanadi. Shu bois, madaniy moslashuv ehtiyoji, reklama matni auditoriya mentalitetiga mos kelishi kabi masalalar tarjimada muhim omillardan sanaladi. Ayniqsa, reklama sloganlarining qisqa, esda qolarli, o‘quvchi yoki tomoshabinni harakatga undovchi shaklda bo‘lishi uchun tarjimada pragmatik ekvivalentlik tamoyillari yetakchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari, maqsadli auditoriyaning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, madaniy kodlarni saqlash va ularni yangidan talqin etish reklama matnining samaradorligini oshiradi. Shu jihatdan, maqola reklama tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish hamda ularni tarjimada to‘g‘ri qo‘llash zaruriyatini asoslab beradi.