INGLIZ VA OʻZBEK LUGʻATSHUNOSLIGI TAJRIBASI MISOLIDA SOHA LUGʻATLARINI TUZISH BOʻYICHA MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Keywords:
soha lug‘atlari, terminologiya, ingliz lug‘atshunosligi, o‘zbek lug‘atshunosligi, korpus lingvistika, mikrostruktura, ISO 704, leksikografiya, elektron lug‘at, ixtisoslashgan leksikografiyaAbstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek lug‘atshunosligi tajribasi asosida soha lug‘atlarini tuzish jarayonidagi nazariy va amaliy muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Shu bilan birga korpus yetishmasligi, termin variativligi, bilingval ekvivalentlarning assimetriyasi, mikrostrukturadagi nomuvofiqliklar hamda raqamli formatdagi cheklovlar koʻrsatib berilgan. Xususan, tadqiqotda korpusga asoslangan yondashuv, foydalanuvchi markazli lug‘at tuzish prinsiplari va terminlarning funksional mikrostrukturasi alohida yoritilgan. Ingliz va oʻzbek lugʻatchilik tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, ISO 704 tamoyillari asosida yechimlar taklif etiladi. Shuningdek, issiqxona (greenhouse) va payvandtag (rootstock) terminlari misolida lug‘at maqola-shabloni ishlab chiqildi. Qiyosiy tahlil natijasida ingliz lug‘atlari funksional va foydalanuvchi markazli bo‘lsa, o‘zbek lug‘atlarida tarixiy meros kuchli, ammo zamonaviy elektron korpus asoslari yetarli emasligi aniqlangan. Maqola yakunida ISO 704 standarti va zamonaviy leksikografik yondashuvlarga asoslangan metodik yo‘l xaritasi taklif etiladi. Natijada milliy lugʻatshunoslik taraqqiyotiga xizmat qiluvchi konseptual va amaliy yondashuvlar asoslab beriladi.