NEOLOGIZMLARNING LEKSEMALASHUV JARAYONI
Keywords:
neologizm, leksemalashuv, leksikalizatsiya, leksema, soʻz birikmasi, qoʻshma soʻz, sotsializatsiya, barqarorlik.Abstract
Leksemalashuv yoki leksikalizatsiya terminlari bilan ifodalanayotgan hodisa tilshunoslikda aksariyat holatlatda soʻz birikmasi va gaplarning bir soʻzga aylanish jarayoniga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo bunday yondashuv leksemalashuvning tor doiradagi ta’rifini yuzaga chiqaradi. Aslida har qanday yangi so‘z til lug‘aviy qatlamida uzuallik xususiyatiga ega bo‘lguncha leksemalashuv bosqichida, ya’ni sinovda bo‘ladi. Ushbu maqolada dastlab leksemalashuv hodisasining bir qator tilshunos olimlar tomonidan berilgan ta’riflari qiyosiy tahlil qilinadi. Keyingi oʻrinlarda esa asosiy maqsad – neologizmlarning adabiy tilda barqarorlashuvigacha boʻlgan bosqichlari tahlil qilinadi. Olimlar neologizm uchta asosiy bosqichdan oʻtishini aytadilar: ixtiro, sinov va barqarorlik. Dastlab, ixtiro qilingan soʻzlar faqat maxsus doiradagi kishilar tomonidan taklif qilinadi, ya’ni har qanday realiya, predmet yoki hodisaning nominativ faoliyatida individ bevosita ishtirok etadi.