O‘ZBEK TILIDAGI BOLALARGA OID REKLAMALARDA MADANIY KODLAR VA RANG

Authors

  • Maxbuba XUDAYBERGANOVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti, miss.maxbuba@gmail.com Author

Keywords:

madaniy kodlar, rang semiotikasi, bolalar reklamasi, o‘zbek tili, ESSI, Stopdiar, diniy kodlar, milliy ramzlar.

Abstract

Ushbu maqola o‘zbek tilidagi bolalarga mo‘ljallangan reklama matnlarida madaniy kodlar va rang semiotikasining qo‘llanilishi masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “ESSI” yogurti va “Stopdiar” dori reklamalari tahlil qilingan. Reklama matnlarida diniy kodlar (“Qurbon hayitingiz muborak!” kabi bayramona tabriklar), oilaviy kodlar (ona-bola munosabatlari va oila qadryatlarining tasviri) hamda milliy kodlar (an’anaviy me’morchilik elementlari va etnik naqshlar) taxlil qilingan. Rang tizimida qizil rangning himoya va ogohlantirishlik vazifasi, oq rangning poklik, halollik va ishonchlilik ma‘nolari, yashil rangning tabiiylik, sog‘lomlik va hayot ramzlari ekanligi batafsil yoritilgan. Tadqiqot zamonaviy diskurs-analiz va semiotik tahlil usullari bilan sistemali ravishda amalga oshirilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek bolalar reklamasida an’anaviy madaniy qadriyatlar zamonaviy marketing strategiyalari va global brending yondashuvlari bilan uyg‘unlikda yaratilgan.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite

O‘ZBEK TILIDAGI BOLALARGA OID REKLAMALARDA MADANIY KODLAR VA RANG. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 381-388. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1087