FITRAT IJODIDA IFODALANGAN AYRIM SO‘ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK, PRAGMATIK TADQIQI

Authors

  • Shaxnozaxon USMONOVA Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan viloyati akademik litseyi o‘qituvchisi, zafarbekismatov@gmail.com Author

Keywords:

badiiy, ilmiy, publitsistik asarlar; jadid, pragmatika; leksik-semantik, sintaktik-semantik aspektlar, lisoniy me’yor, maqola, umumiy lingvistik xususiyatlar, lug‘aviy tarkib, sinonim, antonim.

Abstract

O‘zbek tilshunosligida  jadid ma’rifatparvarlarining tilshunoslik merosi, ular yaratgan badiiy, ilmiy, publitsistik asarlarning til xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, olingan ilmiy natijalar o‘zbek milliy tilining XIX asrning oxiri XX asr boshlarida uning asosini tashkil etuvchi davr adabiy tilining muhim lisoniy xususiyatlari haqida yetarlicha tasavvur bera olmaydi. Zero, jadid davri publitsistik asarlarining tili o‘sha davr adabiy tili leksikasi hamda terminologiyasi rivojiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib, uni  tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq qilish XX asrning 20-30-yillar davri o‘zbek adabiy tilining rivojlanish va boyish tendensiyalarini belgilashda muhim va munosib material bera oladi. Ushbu ilmiy maqolamizda yorqin jadidlarimizdan biri – Abdurauf Fitratning  maqolalarida qo‘llangan ayrim so‘zlarning leksik va semantik tadqiqi haqida so‘z yuritilgan. Shu bilan birga Abdurauf Fitratning publitsistikasida ko‘zga tashlanadigan nozik jihatlar ko‘rib chiqilgan.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite

FITRAT IJODIDA IFODALANGAN AYRIM SO‘ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK, PRAGMATIK TADQIQI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 376-380. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1086