QASHQADARYO VILOYATI O‘ZBEK SHEVALARIGA TOJIK TILIDAN O‘ZLASHGAN SO‘Z SINONIMIYASI
Keywords:
Qashqadaryo shevasi, leksikologiya, tilning o‘zaro ta’siri, o‘zbek-tojik so‘zlari, leksik o‘zlashmalar, so‘zlashuv nutqi, sheva, dialekt, sinonimlar tizimi.Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining dialekt va shevalarida tojik tilidan o‘zlashgan leksik birliklar asosida shakllangan sinonimlar tizimi o‘rganiladi. Unda tarixiy tilshunoslik, leksikologiya va sosiolingvistika nuqtayi nazaridan qarab chiqilib, o‘zbek tilining janubiy shevalarida uchraydigan tojikcha ildizli sinonimlar tahlil qilinadi. Maqolada sinonimik qatorlarda tojik tilidan kirib kelgan so‘zlar bilan bir qatorda o‘zbekcha muqobillari berilib, ularning semantik nozikliklari, uslubiy rang-barangligi va qo‘llanish konteksti yoritiladi. Xususan, “g‘am” – “anduh”, “hunar” – “kasb”, “orom” – “dam olish” kabi misollar orqali sinonimlarning kelib chiqish manbai, faol ishlatilish sohasi va ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.
Shuningdek, maqolada sinonimlarning shakllanishiga ijtimoiy omillar, ikki tildagi madaniy aloqalar va tarixiy jarayonlarning ta’siri tahlil qilinadi. Qashqadaryo viloyatidagi o‘zaro til ta’siri natijasida paydo bo‘lgan lug‘aviy boylikning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Maqola tojikcha-o‘zbekcha til aloqalari, mintaqaviy leksikologiya va dialektologiya yo‘nalishida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.