ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR ” DOSTONIDAGI BARQAROR BIRIKMALARNING DISKURSIV TADQIQI
Keywords:
temporallik, vaqt, semantika, barqaror birikma, diskurs, mumtoz badiiy matn.Abstract
Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Xamsa” tarkibidagi birinchi doston bo‘lgan “Hayrat ul-abror” asarida qo‘llanilgan barqaror birikmalar (frazeologizmlar, idiomalar va izofali qurilmalar)ning diskursiv tadqiqiga bag‘ishlangan. Unda birikmalarning semantik xususiyatlari, komponentlarining alohida ma’nolaridan farqlanishi, metaforik, stilistik va ironik funksiyalari tahlil qilinadi. Asosan vaqt (temporallik) semantikasi bilan bog‘liq bo‘lgan bu birikmalar dostonning falsafiy-axloqiy mazmunini chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada “ob-i hayot”, “naqsh bar ob”, “gireh bar naqsh” va “burji hayo” kabi misollar kontekstda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning matndagi o‘rni, ma’no ifodalashi va diskursiv ta’siri jadval asosida yoritilgan. Tadqiqot Navoiy ijodining fors-tojik adabiy an’analari bilan bog‘lanishini va o‘zbek tilining frazeologik boyligiga qo‘shgan hissasini ta’kidlaydi, shuningdek, mumtoz adabiyotdagi diskursiv yondashuvlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.