LINGVISTIK TADQIQOTLARDA SO‘Z O‘YINLARINING O‘RNI

Authors

  • Zulayho MAHMUDOVA Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi, mahmudovazulayho42@mail.com Author

Keywords:

so‘z o‘yini, kommunikatsiya, qiyosiy tahlil, rus tilshunosligi, o‘zbek tilshunosligi, ekspressivlik, stilistika, uslub, shakl, mazmun.

Abstract

Ushbu maqolada so‘z o‘yinlarning o‘rganilishi bayon qilingan. So‘z o‘yinlariga oid qarashlar, uning o‘zbek va jahon tilshunosligida tadqiq etilishiga oid ayrim mulohazalar berilgan. Jahon tilshunosligiga doir ishlarning qiyosiy tahlili, xususan, S.Loxova, E.Voronichev, T.Grina kabi rus tilshunosligi olimlarining ushbu sohaga qo‘shgan hissalari, ishlarining ko‘lami, shuningdek, o‘zbek tilshunosligidagi S.Karimov, M.Yo‘ldoshev, G.Yaxshiyevalarning ushbu sohada qilingan ishlar tahlili hamda e’tibor qaratilgan jihatlari berib o‘tilgan. So‘z o‘yinlariga doir ishlar muhokamaga tortilgan. Kommunikatsiya jarayonida nutqni ta’sirchan qiluvchi usul-vositalarning o‘rni hamda ahamiyatini ochib bergan ilmiy tadqiqot ishlari maqolada asosiy o‘rinni egallaydi. Asosan, rus hamda o‘zbek tilshunosligidagi stilistik tahlillarda so‘z o‘yinlarining o‘rganilishi baholangan.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite

LINGVISTIK TADQIQOTLARDA SO‘Z O‘YINLARINING O‘RNI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 326-331. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1078