INTEROTSEPTIV VA PROPRIOTSEPTIV SEZGILARGA FIZIOLOGIK VA LINGVISTIK TAVSIF

Authors

  • Feruza NAMOZOVA * Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti, namozovaferuza79@gmail.com Author

Keywords:

sensor tizimi, ekstrotseptiv, interotseptiv, propriotseptiv, fiziologiya, markaziy nerv tizimi, retseptor, gomeostatik markaz, ichki organlar.

Abstract

Maqolada tilshunoslikning lingvosensorika yo‘nalishiga oid interotseptiv va propriotseptiv sezgilar haqida gap boradi. Interotseptiv hamda propriotseptiv sezgilarning o‘ziga xos fiziologik, lingvistik xususiyati, ularning farqli va o‘xshash tomonlari  misollar orqali tahlil qilingan. Bilish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshadi, uning dastlabki qismi sezgilar yordamida hosil bo‘ladi. Sezgilar fiziologik jihatdan inson hayoti uchun, tananing ichki va tashqi barqarorligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega, shuningdek, sezgi tajribalarini ifodalash, ularni mantiqiy va ijtimoiy kontekstga solish kabi vazifalar bilan tilshunoslik hug‘ullanishi yoritib berilgan. O‘zbek tilshunosligida ekstrotseptiv sezgilarga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo interotseptiv, propriotseptiv sezgilar o‘rganilishi lozim dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan davrda ularni ilmiy tadqiq qilish, sensor lug‘at yaratish ustida ishlash talab etiladi.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite

INTEROTSEPTIV VA PROPRIOTSEPTIV SEZGILARGA FIZIOLOGIK VA LINGVISTIK TAVSIF. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 322-325. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1077