“MA’NAVIYAT” LEKSIK-SEMANTIK KATEGORIYASIDA GRADUONIMIK SINONIMIYA
Keywords:
“Ma’naviyat” leksik kategoriyasi, sinonimiya, graduonimiya, sema, semema, nomlash funksiya, atash funksiya.Abstract
Ushbu maqolada “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasidagi sinonimlarning graduonimik munosabati tahlil qilingan. Graduonimik sinonimiya tilshunoslikda bir semantik maydon doirasida joylashib, ma’no darajasi jihatdan farqlanuvchi sinonim birliklarning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Maqolada “ma’naviyat” leksik kategoriyasidagi sinonimlarning graduonimik munosabati va ular orasidagi semantik va struktur, uslubiy munosabatlar haqida ayrim mulohazalar aks ettirilgan. Shuningdek, tadqiqotda sinonimik qatlamlarning shakllanishi, ularning leksik-semantik darajalanishi hamda ma’naviy tarbiya jarayonidagi o‘rni tahlil etiladi. “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasida graduonimik sinonimiyaning o‘rganilishi til birliklari orqali ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni chuqurroq anglash va ularni ilmiy-nazariy jihatdan izohlash imkonini beradi. Bu esa tilshunoslikda sinonimiya masalalarini yanada takomillashtirishga hamda nazariy va amaliy tadqiqotlar uchun muhim ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi.