O‘ZBEK YOZMA MATNLAR KORPUSIDA TINISH BELGILARINING EMOTSIONAL VA STILISTIK YUKLAMASI
Keywords:
tinish belgisi, pragmalingvistika, korpus lingvistika, emotsional yuklama, stilistik vazifa, o‘zbek yozma matnlari, badiiy uslub, publitsistik uslub, ilmiy uslub, lingvokulturologiyaAbstract
Mazkur maqolada o‘zbek yozma matnlari korpusi asosida tinish belgilarining emotsional va stilistik yuklamasi lingvopragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Korpus lingvistikasining zamonaviy usullari yordamida badiiy, publitsistik va ilmiy matnlarda tinish belgilarining ishlatilish chastotasi va ularning kontekstual vazifalari ochib beriladi. Undov, so‘roq, ko‘p nuqta belgilarining emotsional vazifalari, shuningdek, nuqta, vergul va qo‘shtirnoqning stilistik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilidagi yozma matnlarda tinish belgilarining qo‘llanishi matnning emotsional ta’sirchanligi va uslubiy boyligini ta’minlovchi muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqot punktuatsiyaning lingvokulturologik ahamiyatini ham ochib beradi.