QIZILQUM SAHROSI QA’RIDA TARIX TILSIMLARI
Keywords:
toponim, nom, termin, so‘z, obyekt, geografik obyekt, lug‘at, til, leksika, tarix.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilining joy nomlari (toponimlar) terminologiyasi tarixiga doir qaydlar keltirilgan, ya’ni Zarafshon hududida joylashgan obyektlarga qo‘yilgan nomlar o‘zbek adabiy tili davriga oid risolalarda uchraydigan joy nomlari terminlari tahlil qilingan. Faol qo‘llanuvchi ba’zi terminlar izohiga aniqlik kiritilgan, ularning o‘xshash va farqli jihatlari taqqoslangan. Shuningdek, joy nomlari terminlarining tartibga solish masalasi yuzasidan ayrim tavsiyalar berilgan. Barcha sohalarda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar o‘zbek tili taraqqiyotiga, ayniqsa, uning terminologiyasi va lug‘at tizimi rivojiga sezilarli ta’sirini ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri, shu paytgacha ham o‘zbek tilshunoslari o‘zbek tili terminologiyasi va leksikografiyasining turli masalalari ustida salmoqli ishlarni amalga oshirdilar. Biroq jamiyat taraqqiyoti tufayli yangidan paydo bo‘layotgan yoki shu paytgacha kam e’tibor berilgan joy nomlari rivoji uchun shart-sharoitlar yaratilmoqdaki, bu jarayon o‘zbek tili milliy terminologiyasida tadqiq qilinishi zarur bo‘lgan muammolarni yuzaga keltirmoqda. O‘z navbatida, yangi terminologik qatlamlarning yuzaga kelishi, ularni ma’lum bir qolipga solish, unifikatsiya qilish, standartlashtirish, ularning nomenklaturasini tartibga solish, joy nomlari izohli lug‘atini tuzish singari masalalar ustida keng qamrovli tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. O‘zbek tilshunosligi oldida turgan ana shunday dolzarb masalalardan biri tarixiy joy nomlari milliy terminologiyasini keng va atroflicha tadqiq etish hisoblanadi.