O‘ZBEK BOZORLARIDA SHAKLLANGAN XALQONA LEKSIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TAHLILI
Keywords:
o‘zbek bozor leksikasi, iboralar, frazeologik birliklar, metafora, mubolag‘a, kinoya, lingvokulturologiya, semantik qatlam, og‘zaki nutq, nutqiy birliklar, so‘zlashuv uslubi.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy bozorlarida shakllangan xalqona nutq birliklari lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Bozor muhitida qo‘llaniladigan o‘ziga xos so‘z va iboralar xalqning dunyoqarashi, iqtisodiy tajribasi hamda madaniy qadriyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu birliklarning xalq og‘zaki ijodi va til taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rsatilib, bozor leksikasini o‘rganishning dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari bozor nutqi orqali xalq tafakkuri, til boyligi va madaniyatini tahlil qilish imkonini beradi.
Maqolada bu birliklar nafaqat til boyligi sifatida, balki xalqning ijtimoiy-madaniy hayoti, iqtisodiy tajribasi va nutq madaniyatining ko‘zgusi sifatida ham talqin qilinadi. Shu orqali o‘zbek tilining leksik-semantik qatlamida bozor leksikasining o‘rni aniqlanadi va kelajakda uni alohida tadqiqot sohasi sifatida shakllantirishga zamin yaratiladi.