AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA DAVLAT TILINI O‘QITISHNING SAMARADORLIGI
Keywords:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli ta’lim, interaktiv metod, til kompetensiyasi, ta’lim samaradorligi, o‘zbek tili, innovatsion metodika.Abstract
Ushbu maqolada davlat tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni va samaradorligi kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli vositalarning qo‘llanishi, o‘quvchilar til kompetensiyasining rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berildi. Xususan, 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan eksperimental darslar orqali an’anaviy va AKT asosidagi metodlar o‘rtasidagi farq aniqlanib, o‘zbek tilini interaktiv o‘qitish orqali so‘z boyligi, matn tahlili, og‘zaki nutq va imlo savodxonligida ijobiy natijalar qayd etildi. Shuningdek, maqolada xorijiy va mahalliy adabiyotlar tahlili asosida til o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari yoritilgan, muallif tomonidan innovatsion metodologik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Maqola yakunida davlat tilini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq takliflar berilgan.