O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA EGALIK QO‘SHIMCHALARI VA ULARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Egalik qo‘shimchalari, Morfologiya, Qiyosiy tahlil, Semantika, Shaxs-son kategoriyasi, O‘zbek tili, Turk tili, Korpus lingvistika, Pragmalingvistika, Turkiy tillarAbstract
Mazkur maqolada o‘zbek va turk tillarida egalik qo‘shimchalari va ularning semantik xususiyatlari qiyosiy lingvistik tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida ikki tilning grammatik tizimidagi o‘xshashliklar va farqlar ochib beriladi. Xususan, shaxs-son kategoriyasi bilan bog‘liq egalik qo‘shimchalari, ularning matndagi pragmatik vazifasi va semantik yuklamalari korpus lingvistika asosida o‘rganiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan egalik shakllari mavjud bo‘lsa-da, ayrim qo‘shimchalar va ularning qo‘llanish chastotasi farqlanadi. Ushbu tadqiqot ikki til o‘rtasidagi morfologik umumiylik va tafovutlarni aniqlashga yordam beradi.