OMADSIZ ERGONIMLAR

Authors

  • Akbar RUSTAMOV Mustaqil tadqiqotchi, Buxoro davlat universiteti, akbar2683@umail.uz Author

Keywords:

ergonimlar, omadsiz ergonimlar, marketologiya, brend, milliynom.uz, so‘z yasalishi.

Abstract

So‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlikka e’tiborning qaratilishi natijasida tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga nom tanlashda nafaqat so‘zlarning jozibadorligi, balki ularning ma’noviy xususiyatlariga, har bir so‘zning o‘zbek jamiyati an’analariga mosligiga alohida e’tibor qaratish lozim.  Noto‘g‘ri tanlangan nom taklif etilgan tovar yoki xizmatning omadsizlikka yuz tutishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Omadsiz ergonimlar tushunchasini batafsil izohlash uchun, avvalo, omadli ergonim birikmasini tushunish lozim. Yetarli darajada puxta o‘ylangan, umumiy qoidalarga muvofiq keladigan, kishida teskari kayfiyat uyg‘onishiga sabab bo‘lmaydigan nomlar omadli ergonimlar sifatida qaraladi.

Tilshunoslik nuqtayi nazaridan omadsiz ergonimlarning paydo bo‘lishida ma’lum bir hududda yashovchilarning etnik, diniy, milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olmagan holda nomlardan foydalanish, xizmat turi hamda mahsulotlar savdosiga nomuvofiq nomlarning tanlanishi, so‘z yoki shakllar tanlanganda, ular ifodalaydigan ma’noni tushunmasdan nomlash kabi holatlar sabab bo‘ladi.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite