XX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O‘ZBEKISTONDA ALIFBO, IMLO MASALALARI

Authors

  • Mirzohid TURSUNOV O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi, tursunov.mirzohid1995@gmail.com Author

Keywords:

til, alifbo, imlo, araf alifbosi, kirill alifbosi, lotin alifbosi takomili, til siyosati, imlo masalalari, tilni soddalashtirish.

Abstract

XX asrning birinchi yarmi O‘zbekiston tarixida ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotda katta o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Ayniqsa, til siyosati va yozuv tizimi sohasida amalga oshirilgan islohotlar o‘zbek xalqining madaniy taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi. Bu davrda o‘zbek adabiy tilining shakllanishi, yozuv tizimining isloh qilinishi va imlo qoidalarining standartlashtirilishi milliy o‘zlikni anglash va ilm-ma’rifatning rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Jadidchilik harakati bilan boshlangan bu islohotlar natijasida arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tish jarayoni boshlandi, keyinchalik esa kirill yozuvi joriy etildi. Har bir bosqich o‘zining ijobiy va salbiy jihatlari, shuningdek, davr mafkurasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan edi. Ushbu ishda XX asrning dastlabki yillarida O‘zbekistonda alifbo va imlo masalalarining qanday kechganini, ularning jamiyat hayotiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite

XX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O‘ZBEKISTONDA ALIFBO, IMLO MASALALARI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 259-268. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1067