DIALOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ONA TILINING O‘RNI

Authors

  • Xilola SUYUNOVA Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Navoiy davlat universiteti, hilolasuyunova0@gmail.com Author

Keywords:

muloqot, madaniyat, kompetensiya, nutq, vosita, aloqa, til, kommunikatsiya, usul, talaffuz.

Abstract

Maqolada dialogik nutqning ahamiyati va ona tilining bu jarayondagi roli haqida fikr yuritilgan. Dialogik nutqni rivojlanish konsepsiyasi kommunikativ metodga tayanadi. Bu usulni birlashtirilgan usullar guruhiga kiritish mumkin. Bu metod kommunikativ tilshunoslik g‘oyalariga asoslanadi. Muloqot birligi nutq faoliyatidir. Chet tilini o‘qitish jarayonida nutqiy harakatlardan foydalanish, bizning fikrimizcha, o‘quv jarayonini kuchaytirish va motivatsiyaga yordam beradi. Ushbu o‘qitish usuli psixologiya asoslarini ham o‘z ichiga oladi, ular chet tillarini o‘qitishga yondashuvni tanlashda, ya’ni shaxsga yo‘naltirilganlikda namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda bu usul dunyodagi eng samaralilaridan biri hisoblanishi xususida ifodalangan. Ona tilida sodir bo‘ladigan dialogik nutq orqali insonlar o‘zlarini ifodalash, boshqalar bilan aloqada bo‘lish va madaniyatlarini saqlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari isbotlangan.

Davlat tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, milliy tilga ehtirom ruhida yosh avlodni tarbiyalash maqsad qilib olingan. Ona tilimiz orqali millat va xalq, adabiyot va tarix, ilm-fan va madaniyat rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Bugungi kun holatidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, til o‘qitishda sotsiolingvistik tadqiqotlarning ahamiyati ortib bormoqda. Boisi shuki, tilshunoslikning tadqiq manbai til, til esa faqat insoniy jamiyatda muloqot vositasi sifatida yashagan va yashaydi. Muloqot vositasining bir qismi dialogik nutq — bu ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida sodir bo‘ladigan muloqot jarayoni. U muayyan maqsadlar, fikrlar almashish va hissiyotlarni ifodalash uchun mo‘ljallangan. Ona tili esa har bir insonning madaniyati, tarixi va identitetini belgilovchi muhim vositadir. Dialogik nutq boshqa ko‘nikmalardan farqli ravishda ikki tomonlama muloqot vaziyatini talab qiladi, ya’ni og‘zaki nutqning voqealanishi uchun, albatta, tinglovchi ishtiroki ham bo‘lishi, o‘qib tushunishi, audioma’lumotni tinglab tushunishi, yozma nutq ifoda etishi belgilanadi.

Downloads

Published

23-10-2025

How to Cite

DIALOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ONA TILINING O‘RNI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 251-255. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1064