DIALOGLARDA MUROJAAT SHAKLLARINING PRAGMATIK TASNIFI
Keywords:
dialog, badiiy dialog, ekspressiv murojaat, antonomaziya, pragmatika, muloqot, adresant, adresat, intonatsiya, taxallus.Abstract
Ushbu maqolada badiiy matnlardagi dialoglarda qo‘llaniluvchi murojaat shakllarining pragmatik xususiyatlari tahlilga tortilgan. Murojaat kundalik faoliyatimizda keng qo‘llanuvchi til birligi sifatida adresant bilan adresatning kontakt o‘rnatish vositasi bo‘lib, u diqqatni jalb qilish, muloqot vaziyatini saqlab turish, suhbatdoshga ta’sir qilish, uni chalg‘itish, ishontirish kabi vazifalarni bajarishi mumkin. Shuningdek badiiy dialoglardagi ekspressiv murojaat shakllari ikki turga ajratilib o‘rganilgan. Baholovchi harakterdagi ekspressiv murojaat shakllari to‘qqiz turga bo‘linib tasnif qilingan va har bir tasnifni badiiy matnlardan keltirilgan misollar orqali asoslashga harakat qilingan. Pragmatik nuqtayi nazaridan ekspressiv murojaat shakllarini yuzaga keltirish jarayonida muloqot ishtirokchilari bir-birlarining xarakter-xususiyatlarini bilishi, bu jihatlarni o‘zlari uchun belgilashi va unga munosabat bildirishi kabi bosqichlarda ifodalanishi masalalari haqida to‘xtalib o‘tilgan.
References
Қодирова М. (2021). Турли тизимли тилларда мурожаатнинг коммуникатив – прагматик аспекти. Филол.фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрланган дисс. Термиз.
Акбарова З. (2015). Ўзбек тилида мурожаат шакллари. Академнашр.
Ҳошимов Ў. (1977). Нур борки, соя бор. Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти.
Малик Т. (1998). Шайтанат. 1-2-китоб. Шарқ.
Ҳошимов Ў. Муҳаббат. www.ziyouz.com кутубхонаси
To‘xtaboyev X. (2016). Qasoskorning oltin boshi. Yangi asr avlodi.
T. Malik. “Murdalar gapirmaydilar”. www. ziyouz.com кутубхонаси.