MATN TAHLILIDA LINGVISTIK EKSPERTIZA USULLARINING QOʻLLANILISHI
Keywords:
lingvistik ekspertiza, matn tahlili, leksik-semantik, stilistik, pragmatika, diskurs, semantika, uslub, huquqiy matn, badiiy matn, reklama, internet, mualliflik, plagiat, kommunikatsiya.Abstract
Ushbu maqola matn tahlilida lingvistik ekspertiza usullarining ilmiy va amaliy qoʻllanilishiga bagʻishlangan. Lingvistik ekspertiza matnning semantik tuzilishi, uslubiy xususiyatlari va kommunikativ maqsadini aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada ekspertiza jarayonida qoʻllaniladigan asosiy yondashuvlar – leksik-semantik, stilistik, pragmatik hamda diskursiv tahlil keng yoritiladi. Shuningdek, huquqiy hujjatlar, badiiy matnlar, reklama, ommaviy axborot vositalari hamda internet matnlari misolida ekspertizaning amaliy imkoniyatlari koʻrsatib beriladi. Tadqiqot natijalarida lingvistik ekspertizaning matnni obyektiv baholash, mualliflikni aniqlash, plagiat darajasini oʻlchash va mazmuniy manipulyatsiyalarni fosh qilishdagi ahamiyati ilmiy asoslangan. Shuningdek, ushbu maqola oʻzbek tilshunosligi, sud lingvistikasi va amaliy tilshunoslikda yangi yondashuvlarni taklif qiladi hamda zamonaviy kommunikatsiya jarayonida lingvistik ekspertizaning dolzarbligini asoslab beradi.