FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA ALLEGORIK KO‘CHIMNING STILISTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Nizomiddin QO‘LDASHEV Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, kuldashev.nizomidin@mail.ru Author
  • Fotima MAHMUDOVA Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi, zulayhozuhraxon@mail.ru Author

Keywords:

frazeologik birliklar, allegorik ko‘chim, majoziy ifoda, stilistik funksiya, obrazlilik, ekspressivlik, metafora, metonimiya, synekdoxa, semantik o‘zgarish, milliy mentalitet, konnotatsiya, tilshunoslik, badiiy nutq, publitsistik uslub, madaniy komponent, kommunikativ yuklama, badiiy tasvir, stilistik vosita, iboralar tizimi.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada frazeologik birliklar doirasida allegorik ko‘chim vositasida yuzaga keladigan majoziy ifodaning stilistik xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotda allegorik ko‘chish jarayonining til birliklariga qanday ta’sir qilishi, u orqali ifoda etilayotgan obrazli ma’nolarning badiiy matn va og‘zaki nutqda qanday stilistik yuklama bilan namoyon bo‘lishi keng ko‘lamda o‘rganiladi. Frazeologizmlarning metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi troplar bilan o‘zaro aloqadorligi, ularning ekspressivlik darajasi va obrazlilik yaratishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada adabiy va publitsistik uslubdagi matnlar asosida allegorik frazeologik birliklarning qo‘llanilishi, ularning semantik o‘zgarishi va kommunikativ funktsiyasi yoritiladi. Frazeologik birliklarning milliy mentalitet va madaniyat bilan bog‘liqligi, ularning konnotativ ma’nosi va tilshunoslikdagi stilistik klassifikatsiyasi ham ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik hamda madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan dolzarb hisoblanadi.

Downloads

Published

22-10-2025

How to Cite

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA ALLEGORIK KO‘CHIMNING STILISTIK XUSUSIYATLARI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 205-210. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1054