FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY TAHLILI (“Alpomish” dostoni asosida)
Keywords:
xalq madaniyati, milliy madaniyat, milliy qarash, milliy mentalitet, tilning frazeologik fondi, fraziologiya, fraziologizm, lingvomadaniyat, lugʻaviy birliklar, umumisteʼmoldagi frazeologizmlar, dialektal frazeologizmlar.Abstract
Xalq baxshilari doston voqealarini nihoyatda qiziqarli, hayajonli qilib tasvirlash uchun til elementlaridan uning badiiy tili bezagi uchun maqsadga muvofiq foydalanganlar. Odatda, yuksak gʻoya folklor asarlarida ham yuksak badiiylik orqali namoyon boʻladi. Xalq ogʻzaki ijodining ulugʻvorligi ham mana shu yuksak badiiylikdadir. Bu esa goʻzal, shirali, jozibador badiiy til orqali ifodalanadi. Oʻzbek xalq dostonlarida uchraydigan frazeologik birliklar oʻz semantik-stilistik tabiatiga koʻra rang-barang boʻlib, ular oʻziga xos xususiyatlarga ega. Maqolada ularning ayrim leksik-semantik, tematik va uslubiy xususiyatlarini tavsiflashga hamda oʻzbek xalq dostonlari tili uchun uslubiy xoslangan stilistik klishe, stilistik figuralar singari dostonlar badiiy tilida oʻziga xos vazifasini bajaruvchi frazeologik birliklar haqida fikr yuritiladi.