TASHKILOTLARDA XIZMAT YOZISHMALARINING DAVLAT TILIDA YURITILISHIDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR VA ULARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR

Authors

  • O‘rinboy BOBOYOROV Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i. Author

Keywords:

Xizmat yozishmalari, xat, noma, davlat tili, hujjat, hujjatchilik, xos qog‘oz, me’yor, imlo, uslub, qolip, lisoniy birlik, matn, ustxat, xulosa, tadqiqot, zaruriy qism, axborot, kommunikativ, bayon.

Abstract

Ma’lumki so‘nggi yillarda barcha davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarida ish yuritish hujjatlarini davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, oʻzbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari doirasida  yuritish masalalari bot-bot ta’kidlanmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Shu paytgacha bizga “meros” kabi e’zozlanib, rasmiy ish yuritishda faol tarzda qoʻllanib kelingan qoliplashgan hujjatlarning yuritilishi, davlat tiliga boʻlgan e’tibor sababli asta-sekin oʻz oʻrniga tushmoqda. Tashkilotlarda rasmiy ish hujjatlari talab darajasida yuritila boshlandi.

Mazkur maqolada tashkilotlarda rasmiy-idoraviy ish yuritishda xos bo‘lgan xususiyatlar, ularga qoʻyilgan talablar, ish yuritish hujjatlarini, ayniqsa, xatlar — xizmat  yozishmalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda davlat tili me’yorlariga amal qilish borasidagi ba’zi bir mulohazalar yoritilishi bilan birga, ulardagi oʻziga xosliklar bayon qilingan.

Downloads

Published

22-10-2025

How to Cite

TASHKILOTLARDA XIZMAT YOZISHMALARINING DAVLAT TILIDA YURITILISHIDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR VA ULARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 179-184. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1050