ABDUQAYUM YO‘LDOSHEVNING “YURAKDAGI IZ” QISSASIDA SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI
Keywords:
adabiy til, uslub, ravon til, xalqona ibora, maqol, kinoya, vulgarizm, varvarizm, matn, qissa, so‘z, international so‘zlar.Abstract
Maqolada yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshevning “Yurakdagi iz” qissasida so‘z qo‘llash mahorati haqida mulohazalar bayoniga bag‘ishlangan. Asar matnida badiiy tasviriy vositalardan, ibora, maqollardan foydalanish usullari, hududiy chegaralangan so‘zlarni ishlatish, sintaktik qurilmalar va kompozitsion xususiyatlarni aniqlash hamda tahlil qilishlarni nazarda tutadi.
O‘zbek adabiyotining navotor yozuvchilaridan biri Abduqayum Yo‘ldoshev o‘zining roman, qissa, hikoyalarining mavzu jihatidan rang-barangligi, qahramonlar taqdirining haqqoniyligi, hayot haqiqatining badiiy matnda rost ifodasi, qahramonlarining samimiy, dali-g‘uli qiyofadagi qahramonlari bilan ajralib turadi. Ijodkor asarlarining yana bir muhim xususiyati shundaki, ular sodda va ravon tilda yozilgan bo‘lib, kitobxonga yengil yetib boradi. Shu bilan birga, muallif o‘z asarlarida chuqur ma’noli, tafakkurga undovchi fikrlarni ifodalashda hamda qahramon ruhiyatini aks ettirishda badiiy tilning nozik imkoniyatlaridan mohirona foydalanadi.
Yozuvchining “Yurakdagi iz” qissasi lisoniy va uslubshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etilganda tilshunoslikda muallif mahorati, individualligini ko‘rsatuvchi umume’tirof etilgan quyidagi jihatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Qissada frazeologik birliklarning barcha turlaridan foydalanilgan. Ma’lumki, frazeologik birliklarga – maqol, matal, hikmatli so‘z va iboralar kiradi.
Xalqona iboralardan mohirona foydalanishda, voqelikni obrazli tasvirlashda, uni o‘quvchi tafakkurida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Shu jihatdan, yozuvchi “Yurakdagi iz” qissasida xalq jonli nutqidagi ko‘plab iboralardan unumli foydalanadi. Qahramonlar yashash makoni, kishilar aro munosabatlar, hudud tilini ko‘rsatishda, shuningdek, qahramonlar psixologiyasini aks ettirishda iboralardan unumli foydalanadi.
Xalq maqollarining matndagi ahamiyati bo‘yicha A.Yo‘ldoshevning mazkur qissada individual mahoratini ko‘rsatadigan jihatlardan yana biri bu – xalq maqollaridan ustalik bilan foydalanishdir. Qahramonlarning ruhiy holati, ular mansub bo‘lgan hududning tili, kishilar fe’l-atvorini tasvirlashda, qolaversa, yozuvchi o‘z asarlarida chuqur ma’noli, o‘yga toldiruvchi fikrlarni ifodalashda badiiy tilning nozik imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda maqollardan mohirona foydalanadi.