TOBE BOG‘LANISH: SO‘Z BIRIKMASI VA GAP BO‘LAKLARI TAHLILI (Ona tili darsligidagi qoidalar izohi: ilmiy-amaliy va metodik yondashuv)
Keywords:
tobe so‘z, hokim so‘z, boshqaruv, bitishuv, moslashuv, mustaqil ega, nomustaqil ega, mustaqil kesim, nomustaqil kesim, kelishik, ko‘makchi, ko‘p ma’nolilik.Abstract
Ushbu maqolada tobe bog‘lanishlarning grammatik asoslarini o‘rganishda metodik yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Tobe va hokim qismlar o‘rtasidagi grammatik munosabatlarni belgilovchi vositalar – kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar hamda so‘z tartibining semantik-funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Grammatik birliklarning shakliy, mazmuniy va strukturaviy xususiyatlari qiyosiy jihatdan o‘rganilgan. Semantik tahlil orqali so‘zlar o‘rtasidagi ma’no-munosabatlar, sintaktik tahlil yordamida ularning gapdagi joylashuvi, vazifasi aniqlangan. Mazkur maqola ona tili darsligidagi sintaksisga oid qoidalarni izohlash va tahlil etishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar, talabalar hamda tadqiqotchilar uchun nazariy bilimlarni amaliy tahlil bilan bog‘lashda metodik yordamchi manba sifatida xizmat qilishi mumkin.