TURKIY TILLARDA JINSNING MORFOLOGIK USULDA IFODALANISHI

Authors

  • Hamid YODGOROV Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, hamid.yodgorov@mail.ru Author

Keywords:

morfologik usul, affiks, so‘z yasovchi, jins, ayol, erkak, quda, qudag‘ay, dialekt, gender, lingvogenderologiya, qarindosh tillar.

Abstract

Mazkur maqolada turki tillarda jinsning morfologik usulda ifodalanishi xususida fikr yuritiladi, jumladan, - g‘ay affiksining jins  ifodalashda tutgan  o‘rni ko‘rsatib berilgan.

Tildagi so‘zlar jins nuqtayi nazaridan farqlanar  ekan, ularni noto‘g‘ri qo‘llashni ijobiy hol, deb bo‘lmaydi. So‘zni noo‘rin yoki noto‘g‘ri qo‘llash axborot oluvchini chalg‘itadi, yanglish xulosalarga olib keladi. Shu bilan birga, muloqotga kiruvchilar o‘rtasida salbiy oqibatlarning ro‘y berishiga xizmat qiladi.

Turkiy tillarda jins tushunchasining ifodalanishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buni qadimgi turkiy, eski turkiy til materiallari misolida ko‘rish mumkin. Nafaqat o‘zbek tilida, balki dunyoning barcha tillarida jins tushunchasi lisoniy ifodaetiladi. Faqat ularning ifodalanish usullarid hamda ushbu usullarning u yoki bu tilda qay darajada aks etishida farqlanishlar mavjud, xolos.

Downloads

Published

22-10-2025

How to Cite

TURKIY TILLARDA JINSNING MORFOLOGIK USULDA IFODALANISHI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 119-123. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1041