O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SISTEM-STRUKTUR TALQINLAR, ULARNING METODOLOGIK, GRAMMATIK AHAMIYATI
Keywords:
til sistemasi, lison va nutqning dialektik birligi, dual funksional sistema, kesimlik(predikativlik) kategoriyasi, grammatik, semantik-funksional shakllanganlik, bo‘lakning bo’lagi, funksional va nofunksional gap bo‘laklari, graduonimiya, giponimiya, partonimiya, mazmuniy maydon.Abstract
Maqolada o‘zbek sistem tilshunosligining yuzaga kelishdagi obyektiv va subyektiv omillar, sistem talqinlarning o‘ziga xos tomonlari, erishgan yutuqlari, metodologik, grammatik aspektdagi ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan. Asosiy e’tibor grammatik birliklarning an’anaviy-analitik tavsiflardan farqlari, afzallik tomonlariga qaratilib, sistem tilshunoslikning tilga munosabatda dialektika qonunlariga onglilik va izchillik asosida munosabatda bo‘lishi va buning natijasida tilda tajalli topgan mohiyat va hodisani, sabab va oqibatni, imkoniyat va voqelikni, umumiylik (invariant) va xususiylik(variantni)ni farqlagani, shu sabab ushbu tilshunoslikda tilga lison va nutqning dialektik birligidan iborat dual funksional sistema sifatida qaralishi, til birliklarining bevosita kuzatishda berilgan, yuza, tashqi-zohiriy va bevosita kuzatishda berilmagan, ichki, botiniy, imkoniy belgi-xususiyatlari aniq ajratilib, ilmiy asosda tavsiflangani, bu o‘ta muhim metodologik asosning esa til birliklarining turfa xil sistemaviy sintagmatik(valentlik), paradigmatik-assotsiativ munosabatlari aniq va izchil yoritilishi evaziga yaratilgani yangicha ilmiy ta’limot sifatida e’tirof etilgan.