LINGVOPERSONOLOGIYA LISONIY SHAXS HAQIDAGI TA’LIMOT SIFATIDA
Keywords:
lingvopersonologiya, antroposentrik paradigma, lisoniy shaxs, lisoniy shaxs tiplariAbstract
Inson omilini markazga qo‘yish, til tizimini tadqiq qilish til va undan foydalanuvchi munosabati asosiga qurilishi hodisalarga yangicha nuqtayi nazardan qarash, baholashni taqozo etadi. So‘nggi yillarda shaxs, uning til egasi va undan foydalanuvchi sifatidagi belgilari, tildan foydalanish imkoniyatlari, lisoniy kompetentligi, pragmatik intensiya va kommunikativ strategiya bilan bog‘liq xususiyatlarning nutqda aks etishi kabi masalalar keng tadqiq etila boshlandi. Muayyan tildan foydalanuvchi shaxs ijtimoiy mavqeyi, yoshi, jinsi, millati, madaniyati, dini kabi omillar bilan bog‘liq holda o‘rganilmoqda. Buning natijasi o‘laroq pragmalingvistika, sotsiolingvistika, lingvokulturologiya kabi antroposentrik tilshunoslik yo‘nalishlarining kesishmasida yangi yo‘nalish – lingvopersonologiya shakllandi. Turli tillarda yaratilgan nutq ko‘rinishlari asosida lisoniy shaxs tiplarini aniqlash, ulardagi umumiylik va xususiylikni belgilash, lisoniy shaxs voqelanishidagi omillarni tahlil qilish lingvopersonologiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi