MUROJAAT SO‘ZLARI NUTQ ADRESATINI IFODALOVCHI VOSITA SIFATIDA
Keywords:
kommunikatsiya, nutq egasi, adresat, ichki adresat, murojaat, murojaat birligi, nutq obyekti.Abstract
Har qanday kommunikatsiya jarayoni subektlarning bir-biriga murojaatidan boshlanadi. Odatda, kommunikatsiyada suhbatdoshlar bir-biriga murojaat qiladi va suhbat jarayoniga mos kommunikatsiya vositalaridan foydalandi. Murojaat birligi sanaladigan undalmalar ham shunday vositalardan biri sanaladi. Murojaatlar aslida nutqning tabiiy turi – og‘zaki nutqqa хos bo‘lib, yozuvchi-shoirlar tomonidan tez-tez badiiy nutqqa ko‘chiriladi. Murojaat so‘zlari badiiy nutqqa ko‘chirilgan vaqtidan boshlab uning tarkibiy qismiga, uning bir komponentiga aylanadi va nutq adresatini, nutq egasining murojaatlari, chaqiriqlari yo‘naltirilgan, nutq obyekti – ichki adresatni ko‘rsatishga, nomlashga хizmat qiladi. Biz ushu maqolada Alisher Navoiyning lirik asarlarida qo‘llangan bevosita shoir (yoki nutq egasi)ning nutqi qaratilgan murojaatlar tahliliga e’tibor qaratdik.