O‘ZBEK ISMLARI IMLOSI VA IZOHIDAGI AYRIM MUNOZARALI MASALALAR

Authors

  • Muyassar SAPARNIYAZOVA Filologiya fanlari doktori, professor. Alfraganus universiteti, m.saparniyazova@afu.uz, ORCID: 0000-0001-8612-0289 Author

Keywords:

ismlar, antroponim, o‘zbek ismlari lug‘ati, imlo, lingvomadaniyatshunoslik, mobil ilova.

Abstract

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini oshirish borasida bugungi kunda yechimini kutayotgan qator dolzarb muammolar mavjud. Jumladan, o‘zbek ismlarining izohli hamda imlo lug‘atlarini yaratish va lug‘atlardan foydalanishning zamonaviy va qulay usullarini ishlab chiqish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biridir. Globallashuv, jamiyat taraqqiyoti, xalqning tafakkur tarzidagi o‘zgarishlar, milliy, diniy qadriyatlarga e’tiborning kuchayishi, nomlash motivatsiyalari kengayishi kabi omillar ta’sirida o‘zbek xalqi antroponimlar tizimi, uning lug‘at fondida o‘zgarishlar, yangilanishlarni vujudga keltiradi. Ana shunday o‘zgarishlar ma’lum darajaga kelganida, ularni nazariy va amaliy jihatdan aks ettiruvchi tadqiqotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Amaliy ishlarning asosiylaridan biri esa jahon leksikografiyasidagi zamonaviy tajriba hamda tendensiyalarni hisobga olgan holda o‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘atini yaratish hisoblanadi.

Ushbu maqolada o‘zbek ismlarining milliy-madaniy xususiyatlari, ismlar imlosi va izohidagi ayrim munozarali masalalar, o‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘atini yaratish zarurati va uning tamoyillari xususida fikr yuritiladi.

Downloads

Published

22-10-2025

How to Cite

O‘ZBEK ISMLARI IMLOSI VA IZOHIDAGI AYRIM MUNOZARALI MASALALAR. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 86-92. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1036