EKVONIMIYA VA UNGA YONDOSH HODISALAR XUSUSIDA

Authors

  • Ixtiyor ERMATOV Filologiya fanlari doktori, professor. Guliston davlat universiteti, ermatov.ixtiyor@mail.ru Author

Keywords:

Leksika, leksema, antonym, yarim antonimlar, giperonim, giponim, ekvonim, ekvonimiya va b.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligi muammolariga, xususan, til sathlari va ularning birliklari tizimiga xos ekvonim va ekvonimik, giperonim va giperonimik, giponim va giponimik munosabatlar, ularning o‘zbek tilshunosligi leksikologiyasi tizimiga xos amaliga alohida e’tibor qaratilgan. Ekvonim va ekvonimiya atamalari – tilshunoslik terminlari tizimida nisbatan yangi lug‘aviy birlik. Shu bois bu atama tilshunoslikka oid amaldagi ilmiy va leksikografik manbalarda qayd etilmagan. Ekvonim va ekvonimiya atamalari bildirgan lisoniy tushuncha, garchand polisemiya, omonimiya, sinonimiya, antonimiya, giponimiya atamalari nomlagan lisoniy tushunchalar bilan “yondosh” bo‘lsa-da, u hozircha tilshunoslikda, ayniqsa, o‘zbek tilshunosligida, rasman keng ommalashmagan. Rus va o‘zbek tilshunosligida zid ma’noli so‘zlar tadqiqi bir qancha ilmiy ishlarining obyekti bo‘lgan. Xususan, rus tilshunosligida L.A.Novikov, M.R.Lvov, L.A.Varaksin asarlarida, o‘zbek tilshunosligida S.Usmonov, R.Shukurov, Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, H.Ne’matov, R.Rasulov, N.Mamatov, D.Abdullayeva, I.Mamasoliyev, Y.Odilov, F.Jumayeva, I.Ermatovlarning ishlarida maxsus tadqiq etilgan. O‘zbek tilshunosligida antonimiya hodisasi haqidagi ilk ilmiy qarashlar S.Mutallibov, S.Usmonovlarning maqolalarida o‘z aksini topgan. Keyinchalik R.Shukurov va B.Isabekovlar tomonidan ushbu masala nomzodlik dissertatsiyasi darajasida tadqiq qilingan.

Downloads

Published

22-10-2025

How to Cite

EKVONIMIYA VA UNGA YONDOSH HODISALAR XUSUSIDA. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 74-80. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1034