O‘ZBEK TILIDA ABSTRAKT SIFATLAR
Keywords:
belgi semantikasi, abstraksiya, leksik abstraksiya, konkret nom, abstrakt nom, abstrakt sifat, obyektiv belgi, subyektiv munosabat, tasnif, tasnif belgisi.Abstract
Mazkur maqolada tilshunoslikda alohida ajratilmagan abstrakt sifatlar alohida semantik guruh sifatida o‘rganilgan. Ma’lumki, jahon va o‘zbek tilshunosligida faqat abstrakt otlar konkert otlarga zidlanadi, guruh sifatida ajratiladi. Sifat turkumiga oid so‘zlarning tasnifida konkretlik va abstraktlikka ko‘ra tasnif mavjud emas. Ilmiy tahlilar esa sifat turkimida ham konkret va abstrakt so‘zlarni ajratish mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada so‘zda ifodalanayotgan belgi tashqi sezgi a’zolarimiz orqali his qilinsa, bu kabi so‘zlar konkret sifat deb talqin qilingan. So‘z ma’nosi aqliy bilish orqali mushohada qilinadigan belgini bildirsa, abstrakt sifat deb xulosa qilingan. Abstrakt sifatlarning o‘zi esa qanday substansiyalarning belgisini nomlashga ko‘ra umumiy belgilarni nomlovchi, insonning sifatini nomlovchi, inson va hayvonlar uchun umumiy belgilarni nomlovchi guruhlarga ajratilgan.