YO‘L MUHANDISLIGIDA TERMINOLOGIYANI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Keywords:
yo‘l muhandisligi, terminologiya, lug‘at, atama, tarjima, tilshunoslik, davlat tili, standartlashtirish, yagona baza, texnik hujjatlar, mutaxassislar, o‘zaro tushunishuv, xalqaro standartlar, elektron platforma, ta’lim jarayoni.Abstract
Ushbu maqola o‘zbek tilida yo‘l muhandisligi sohasiga oid terminologiyani tizimlashtirish va lug‘atlar tuzishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan. Unda sohaga xos atamalarning rus va ingliz tillaridan noto‘g‘ri tarjima qilinishi , bir atama uchun bir nechta sinonimik ekvivalentlarning mavjudligi va bu holatning mutaxassislar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishuvga salbiy ta’siri batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xalqaro standartlarga moslashgan yagona terminologik bazani yaratish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi, jumladan, elektron terminologik platforma tuzish, maxsus qo‘mita tashkil etish va ta’lim jarayonida terminologiyani o‘rgatishga doir choralar ko‘rib chiqiladi. Maqola yo‘l muhandisligi sohasida davlat tilini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim masalalarni ko‘tarib, ushbu sohadagi texnik hujjatlar va ilmiy-amaliy faoliyatning sifatini oshirishga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ish “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi V Respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida tayyorlangan bo‘lib, o‘zbek tilidagi texnik terminologiyani mustahkamlash va uni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha muhim qadam sanaladi.