MILLIY, ULTRAMILLIY VA BAYNALMILAL TIL SIYOSATI

Authors

  • Yorqinjon ODILOV * Filologiya fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, yorqinjonodilov@gmail.com Author

Keywords:

til vaziyati, koʻptillilik, til siyosati, milliy til siyosati, ultramilliy til siyosati, baynalmilal til siyosati, til huquqi, lisoniy kamsitish, ta’lim tili, OAV tili.

Abstract

Zamonaviy tilshunoslik shaxsning tilga ta’siri beshakligini tan olib boʻldi. Antropotsentrizmga asoslangan til ilmi ham davlatning til hayotiga maqsadli ta’sirini rad etmaydi. Vakolatli muassasalarning til hayotiga ongli aralashuvi hisoblangan til siyosati ham til antropotsentrikligining aniq koʻrsatkichidir. Antropotsentrik tilshunoslikning alohida tarmogʻi boʻlgan ijtimoiy tilshunoslikda dunyo davlatlarining til siyosati boʻyicha ancha-muncha tajriba toʻplangan va bu tajribalar davlatning milliy masalalardagi siyosatining koʻrinishi sifatida amaliyotga joriy qilingan. Davlatning ixtiyoridagi tillar boʻyicha pozitsiyasi hisoblanadigan milliy yoki baynalmilal yoʻnalgan ham boʻladi. Til siyosatining mazkur koʻrinishlari, albatta, koʻp tilli vaziyatlarda amal qiladi va muhim etnoijtimoiy masalalarga aloqador boʻladi. U vakolatli muassasalarning mafkuraviy-huquqiy ta’sir choralari oʻlaroq har qanday holatda milliy til(lar)ning ijtimoiy vazifalarini, qoʻllanish doiralarini kengaytiradi. Muvaffaqiyatli oʻtkazilganda tilning yashash shakllarini yangi imkoniyatlarga sohib qiladi. Mazkur maqola zikr etilgan siyosatning ayrim muammolaridan bahs etadi.

Downloads

Published

22-10-2025

How to Cite

MILLIY, ULTRAMILLIY VA BAYNALMILAL TIL SIYOSATI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 42-50. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1028