INSON QADR-QIMMATINI IFODALOVCHI METAFORIK MAQOLLAR (“Qo‘y” LMG misolida)

Authors

  • Bibish Jo‘rayeva * Filologiya fanlari doktori, professor Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari. bibish.jrayeva.@.mail.ru Author
  • Maftuna Sharipova BuxDU dotsenti, f.f.f.d. (PhD) behruz.lux.stal.@93gmail.com Author

Keywords:

maqol, lug‘aviy ma’noviy guruh, metafora, o‘xshatish, qo‘y, chorva nomlari, darajalanish, aspekt, assotsiatsiya, parema.

Abstract

Mazkur maqolada “qo‘y” LMGga oid birliklar qatnashgan o‘zbek xalq maqollari, ularning etimologiyasi, xalqimiz turmush tarziga aloqador urf-odat, milliy marosim, diniy qarashlar kabi tushunchalar o‘z ifodasini topgan. Dastlab metaforaga oid nazariy qarashlar bayon etilgan. Shuningdek, badiiy asarlar tarkibidan ushbu maqollarning semantik xususiyatlari batafsil izohlangan. Mazkur maqollarning sinonimik, antonimik, ko‘p ma’nolilik, variantlilik imkoniyatlari ochib berilgan hamda ifodalaydigan ma’nosiga ko‘ra mavzuviy guruhlarga ajratilgan. Maqolada ayrim milliy paremalar o‘zga xalq maqollari bilan taqqoslanib, ularning o‘xshash hamda farqli jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari, maqol tarkibidagi “qo‘y” LMGga oid leksemalar darajalanish xususiyatiga ko‘ra tartiblangan. Izlanish davomida kuzatish, tavsiflash, qiyoslash metodlaridan foydalanilgan. Lingvopoetik tahlil orqali metafora hodisasi kuzatiladigan maqollarning til xususiyatlari, ma’no qatlamlari, ijtimoiy ahamiyati, xalqning ruhiy dunyosi kabilar o‘rganilishi asoslangan.  Metafora bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishdir. Hayotimizni metaforalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U milliy dunyoqarashni ifodalovchi vositalardan biridir. F. Nitsshe ta’kidlaganidek, metaforani inkor qilish – insonni inkor etishdir. O‘zbek tilida bir qator maqollar inson qadr-qimmatini turli darajada ifodalash maqsadida qo‘llanilishi aniqlandi.

Downloads

Published

22-10-2025

How to Cite

INSON QADR-QIMMATINI IFODALOVCHI METAFORIK MAQOLLAR (“Qo‘y” LMG misolida). (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(6), 37-41. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/1027