TIL ELNING BORIDUR…
Keywords:
lotin yozuvi, krill yozuvi, “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbеk alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonun, xızmat koʻrsatish, meditsina, farmasevtika sohalari, muammolar va yechimAbstract
Oʻzbekiston Respublikasida 1993-yilgi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbеk alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonunni hayotga joriy etish boʻyicha oʻsha yillarning ijtimoiy, siyosiy va geopolitik realliklari ta’sirida boʻlsa kerak, oʻtgan daslabki oʻn yilliklar ichida jiddiy va azm-qarorli siyosat yuritilmadi. Binobarin, bu yozuvga to‘la oʻtish butun jamiyatimiz miqyosida, afsuski, amalga oshmadi. Ushbu holat, tabiiyki, aholining ba’zi qatlamlarida xavotirlik tuygʻularini uygʻota boshladi, chunki, jamiyatdagi katta avlod va yosh avlod orasida yozuvdan foydalanish masalasidagi farqliliklar oʻrtaga chiqa boshladi. Ta’lim sifatida tushish yuz berdi.
Ana shu holatlarning natijasi oʻlaroq, hayotning turli sohalarida – ishlab chiqarishda, xizmat koʻrsatishda, millionlab insonlarning kundalik hayotida duch keladigan sogʻliqni saqlash, savdo, umumiy ovqatlanish sohasida davlat tilini notoʻgʻri qoʻllash xavfli ijtimoiy illatga aylana boshladi. Ushbu maqolada ushbu masalalar haqida mulohazalar yuritilgan.