ONA TILI TAQDIRI YO‘LIDAGI XAVOTIRLAR
Keywords:
til, jahon tillari, milliy tillar, o‘zbek tili, ingliz tili, rus tili, globallashuv jarayonlari, so‘z o‘zlashtirish, davlat tili, ona tili, qonun, termin, terminologiya.Abstract
“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat (Mirziyoyev, 2019, 1-bet)” sifatida e’zozlanmoqda, u davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi kabi muqaddas ramzlar qatorida xalqimizni bir davlatga, bir yurtga birlashtirishda, jipslashtirishda mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda (Davlat tilida ish yuritish, 2020, 4-bet).
Bu fikrlar hamisha bizni til borasida hushyorlikka, sezgirlikka, ona tilimizni asrab-avaylashga, uning sha’ni, obro‘si uchun murosasiz kurashga da’vat etib turadi. Aslida, “Jamiyatimizda til maslasida real holat qanday?”, “Hamyurtlarimiz ona tiliga, ayniqsa, uning davlat tili sifatidagi maqomiga qay tarzda munosabatda bo‘lishmoqda?”, “O‘zbek tilini davlat tili sifatida rivojlantirishdagi vazifalarimiz qanday bo‘lishi kerak?” degan savollar hammani qiynaydi. Mazkur savollarga javob topish bugungi kunning eng dalzarb masalalaridan sanaladi.
Ma’lumki, globallashuv jarayonlari bugun barcha davlatlar va millatlar hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va ular jamiyatida mavjud bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotni tamoman o‘zgarib ketishiga sababchi bo‘lmoqda. Bu jarayonda til muhim o‘rin egallamoqda va u dunyoning barcha mintaqalarida jadal kechayotgan axborot urushida eng zo‘r qurol vazifasini o‘tamoqda. Axborot tarqatishda yetakchilik qilayotgan tillar boshqa milliy tillar rivojiga, ularning leksik jamg‘armasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
To‘g‘ri, buning ijobiy jihatlari ham bor. Milliy tillarda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan so‘z va tushunchalar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga til rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lib tushayotgan holatlar ham bor. Ushbu maqolada shular haqida so‘z yuritildi.
References
O‘zbekicton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//“Xalq so‘zi”, 2019-yil 22-oktabr soni.
Abduboqeva O. (2025). O‘zbek tili axborot kommnikatsiya texnologiya tadqiqi: Filol. fanlari dokt. ... dissertatsiya. Urganch.
Даниленко В.П. (1977). Русская терминология. Опыт лингвистического описания. Москва.
Davlat tilida ish yuritish. (2020). Amaliy qo‘llanma. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.
Shukurov O. (2002). O‘zbek tili zamonaviy o‘zlashmalarining evolyusiyasi, transformatsiyasi va leksikografik talqini masalalari (Mustaqillik davri): Filol. fanlari dokt. ... dissertatsiya. Qarshi.
https ru.wikipedia.org.wiki.