SON VA GEOMETRIK SHAKL TUSHUNCHALARINING SHAKLLANISH TARIXI
Keywords:
son kategoriyasi, geometrik shakl, matematika tarixi, abstrakt tafakkur, geometriya, algebra, matematik tafakkur, koordinatalar, analitik geometriya, nazariy matematika.Abstract
Mazkur tadqiqotda matematikaning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblangan son hamda geometrik shakl tushunchalarining paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ushbu tushunchalarning ibtidoiy jamiyatdagi kundalik ehtiyojlar asosida shakllanishi, qadimgi Sharq va Yunon matematik tafakkurida abstrakt mazmun kasb etishi hamda keyingi davrlarda nazariy fan darajasiga ko‘tarilishi tahlil etilgan. Son tushunchasining sanash va miqdorni ifodalash ehtiyojidan kelib chiqqani, figura tushunchasining esa makon va shakllarni anglash bilan bog‘liq holda rivojlangani asoslab berilgan. Shuningdek, son va geometrik shakl tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda algebra va geometriya uyg‘unlashuvidagi ahamiyati yoritilgan. Ushbu maqola matematika tarixi, matematik tafakkur va matematika o‘qitish metodikasini o‘rganishda muhim ilmiy-amaliy аҳамиятга эга.
References
Boyer C. B., Merzbach U. C. A History of Mathematics. — New York: John Wiley & Sons, 1991.
Kline M. Mathematical Thought from Ancient to Modern Times. — New York: Oxford University Press, 1972.
Struik D. J. A Concise History of Mathematics. — New York: Dover Publications, 1987.
Ifrah G. The Universal History of Numbers. — London: Harvill Press, 2000.
Evklid. Negizlar (Boshlang‘ichlar). — Toshkent: Fan, 1985.
Al-Xorazmiy. Al-jabr va al-muqobala. — Toshkent: Fan, 1974.