Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya jarayonini shakllanishi hamda tarkibi
Abstract
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, mustaqil taraqqiyot yo‘lini tutgan har bir davlat oldida turgan asosiy vazifani - o‘z xo‘jaligini yangidan barpo etish va rivojlantirish hamda aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish muammolarini hal eta boshladi. Bu vazifalarni bajarish uchun dastavval mamlakatning demografik vaziyatidagi mavjud ahvolni chuqur o‘rganish va uning istiqbolida kutilayotgan o‘zgarishlarni muntazam aniqlab berish lozim. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekistonning yangi iqtisodiy sharoitga o‘tishdagi 5 tamoyilining to‘rtinchisida demografiya sohasidagi haqqoniy ahvolni hisobga olish muhimligi qayd etiladi.