Ovqat bilan bog‘liq metaforalarning lingvomadaniy talqini va kognitiv asoslari
Keywords:
metafora, ovqat metaforalari, lingvomadaniyat, kognitiv tilshunoslik, assotsiatsiya, madaniy konsept.Abstract
Mazkur maqolada ovqat bilan bog‘liq metaforalarning lingvomadaniy va kognitiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda metaforaning tafakkur va madaniyat bilan uzviy aloqasi ochib berilib, ovqat konseptining til tizimidagi metaforik modellar orqali qanday konseptuallashuvi yoritiladi. Ovqat metaforalarining assotsiativ, aksiologik va pragmatik jihatlari aniqlanib, ularning milliy-madaniy spesifikatsiyasi, xususan o‘zbek lingvomadaniyatidagi non va ovqat konseptlarining semantik yuklamasi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari ovqat metaforalarining til birliklari sifatida nafaqat semantik, balki madaniy va kognitiv fenomen ekanini ko‘rsatadi hamda lingvomadaniyatshunoslik va kognitiv tilshunoslik yo‘nalishlarida olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.