O‘zbek tilining raqamli asrdagi o‘rni: ijtimoiy tarmoqlar va tilning evolutsiyasi
Keywords:
til, nutq, raqamli texnologiya, neologizm, kommunikatsiya, og‘zaki nutq, sleng, lug‘at, emoje, meme, internet neologizmiAbstract
XXI asr axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan xarakterlanib, bu jarayon jamiyat hayotining barcha sohalariga, jumladan, til va nutq madaniyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmasdan qolgani yo‘q. Raqamli texnologiyalar bilan ishlashning kengayishi natijasida tillarning funksional imkoniyatlari ortib, ularning qo‘llanish doirasi yangi kommunikativ muhit bilan boyib bormoqda. Ushbu ilomiy tadqiqot ishida o‘zbek tilining raqamli asrdagi o‘rni, ijtimoiy tarmoqlarning til evolutsiyasiga ta’siri hamda mazkur jarayonning lingvistik va ijtimoiy jihatlarini ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilish maqsad qilindi