Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik texnologiyalardan foydalanish tajribasini o’rganishning ahamiyati
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiya, o‘qituvchi kompetensiyasi, innovatsion metodlar, raqamli vositalar, o‘quv jarayoni, tajriba almashish.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tajribasini o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilish, zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, raqamli vositalar, kompetensiyaviy yondashuv va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishning yetakchi omillari ekanligi asoslab berilgan. Turli davlatlarning ilg‘or metodik tajribalarini o‘rganish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilish yo‘llari yoritilgan