“Zanjirband Prometey” asari va uning yunon mifologiyasida tutgan o‘rni
Keywords:
Fojianavis dramaturg, Marafon, Salamin, Plateya, “Duogo‘ylar”, “Forslar”, “Zanjirband Prometey”, “Yettovlon Fivga qarshi”, “Agamemnon”, “Xoeforlar”, “Evmenidlar”.Abstract
Ushbu maqola antik davr adabiyotining yirik namoyandasi, “Yunon fojianavislarining otaxoni” deb e’tirof etilgan Esxil hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Maqolada adibning yunon-fors urushlaridagi ishtiroki, uning ijodiy merosi va bizgacha yetib kelgan nodir asarlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, muallifning eng mashhur asari—“Zanjirband Prometey” fojiasining mifologik asoslari, insoniyat uchun olov keltirgan qahramonning jasorati hamda asarning falsafiy-insoniy mohiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur durdona asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va milliy madaniyatimizdagi ahamiyati haqida so‘z boradi.