Matematika rivojlanishining asosiy davrlari
Abstract
Matematika insoniyat tafakkurining eng qadimiy va eng muhim mahsullaridan biri hisoblanadi. U jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish, fan va texnikaning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanib, asrlar davomida takomillashib kelgan. Matematikaning rivojlanish tarixi nafaqat ilmiy g‘oyalar evolyutsiyasini, balki insoniyatning borliqni bilish jarayonidagi tafakkur darajasini ham aks ettiradi. Shu bois matematika rivojlanishining asosiy davrlarini o‘rganish fanning mohiyatini anglash, uning hozirgi holatini tushunish va kelajakdagi istiqbollarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.