RIM SALTANATI DAVRIDA ALEKSANDRIYA MATEMATIKASI
Keywords:
Aleksandriya matematikasi, Rim saltanati, antik matematika, geometriya, algebra, Diofant, Ptolemey.Abstract
Mazkur maqolada Rim saltanati davrida Aleksandriya shahrida matematika fanining rivojlanishi tarixiy va ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda Aleksandriya ilmiy maktabining Rim hukmronligi sharoitida saqlanib qolishi, qadimgi yunon matematik merosining tizimlashtirilishi hamda nazariy va amaliy yo‘nalishlarning uyg‘unlashuvi yoritilgan. Geron Aleksandriyalik, Klavdiy Ptolemey va Diofant kabi olimlarning ilmiy faoliyati orqali geometriya, arifmetika, algebra va trigonometriya sohalarining rivoji ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Rim davri Aleksandriya matematikasining o‘rta asr Sharq va Yevropa matematikasiga ko‘rsatgan ta’siri asoslab berilgan. Maqola matematika tarixi va ilmiy tafakkur evolyutsiyasini o‘rganishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.