O‘zbekistonda Yoshi Ulug‘larga Ehtirom – Milliy Qadriyatlarimiz Ifodasi
Abstract
Bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar jarayonida aholining turli qatlamlarini, xususan, keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida keksalar hayot sifatini oshirish, ularning ehtiyoj va manfaatlarini qondirish bo‘yicha bir qator huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mazkur maqolada keksalarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, ularni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllashning amaliy imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.Kalit so‘zlar: Ijtimoiy himoya tizimi, pensiya tizimi, gerontologik xizmatlar, xorij tajribasi, ijtimoiy qo‘llab -quvvatlash, keksalar muammolari, ijtimoiy texnologiya