SA’DIY SHEROZIY VA ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA AXLOQIY-TARBIYAVIY QARASHLARNING BADIIY VA IJTIMOIY TALQINI
Keywords:
Sa’diy Sheroziy, Abdulla Avloniy, axloq, tarbiya, ma’rifat, mumtoz adabiyot, jadidchilik, qiyosiy tahlilAbstract
Mazkur maqolada Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi Sa’diy Sheroziy hamda o‘zbek jadid adabiyotining yirik vakili Abdulla Avloniy asarlarida aks etgan axloqiy va tarbiyaviy qarashlar ilmiy-nazariy hamda qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Sa’diyning “Guliston” va “Bustan” asarlaridagi umuminsoniy axloq me’yorlari, Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi milliy-ma’rifiy tarbiya konsepsiyasi ochib berildi. Natijalar ikki mutafakkir ijodida axloq tushunchasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va badiiy talqinidagi mushtarak hamda farqli jihatlarni aniqlash imkonini berdi